INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “HISSIYOT” MA’NOSIGA EGA LEKSIK BIRLIKLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI HAMDA ULARNING O‘ZARO TARJIMASI

Authors

  • Yusupova Nafisa Karimullayevna Author

Keywords:

leksik birliklar, hissiyot, semantika, tarjima, o‘zbek tili, ingliz tili, emotsional so‘zlar, ekvivalentlik, lingvistik xususiyatlar, madaniy tafovutlar

Abstract

Hissiyot – inson ruhiyati va hayotida muhim o‘rin tutuvchi murakkab ko‘rinishlardan biri bo‘lib, uning tili, madaniyati, tarixi va ijtimoiy hayotidagi aks-sadosi o‘zini har tomonlama namoyon qiladi. Har bir tilning hissiyotlarni ifodalashdagi o‘ziga xosliklari, uning semantik boyligi, ifoda vositalari, metaforalari, iboralari va shu bilan birga xalq dunyoqarashi, qadriyatlari ham hissiyotlarni nomlash va idrok qilishda o‘z izini qoldiradi. Tilshunoslikning leksik-semantik aspektidan kelib chiqilsa, “hissiyot” kategoriyasining ifodaliligi o‘zbek va ingliz tillarida turli usullarda va o‘ziga xos leksik birliklar orqali amalga oshiriladi. Bu maqolada ushbu ikki til leksik birligining semantik xususiyatlari va ularning o‘zaro tarjima jarayonidagi o‘rinlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tiladi

Published

2026-01-17