DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDA TA’LIM MUASSASALARINI MOLIYALASHTIRISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Authors

  • Umarov Avzaljon Yodgorali og‘li Author

Abstract

Davlat moliyasi tizimida ta’lim muassasalarini moliyalashtirish muhim strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ta’lim sohasi davlat byudjeti xarajatlarining salmoqli qismini egallab, inson kapitalini shakllantirish va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Davlat tomonidan ta’lim muassasalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni yuzaga keltiradi. Xalqaro tajribaga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sohasiga ajratiladigan mablag‘lar yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 4–6 foizini tashkil etadi. Masalan, bir talabaga to‘g‘ri keladigan yillik davlat xarajatlari 8–12 ming AQSh dollari atrofida bo‘lib, bu ko‘rsatkich ta’lim sifati va moddiy-texnik bazaning yuqori darajada ekanligini ifodalaydi.

Author Biography

  • Umarov Avzaljon Yodgorali og‘li

    Namangan Davlat texnika universiteti

    mustaqil izlanuvchisi (PhD)

Published

2026-01-17