YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
yashil iqtisodiyot, investitsiya loyihasi, samaradorlikni baholash, barqaror rivojlanish, ekologik ko‘rsatkichlar, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikAbstract
Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida investitsiya loyihalarining samaradorligini ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy parametrlarni hisobga olgan holda baholash barqaror rivojlanishning eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Maqolada yashil iqtisodiyot kontekstida investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning nazariy yondashuvlari va metodologik vositalari ko‘rib chiqilgan, ta’lim va innovatsion muassasalar xususiyatiga moslashtirilgan asosiy mezonlar hamda indikatorlar taqdim etilgan. Samaradorlikni baholashning an’anaviy moliyaviy modellariga ekologik ko‘rsatkichlarni integratsiya qilish zarurati asoslab berilgan, shuningdek iqtisodiy-matematik, ekologik va ijtimoiy baholash elementlarini birlashtiruvchi kompleks metodika taklif etilgan. Tadqiqot natijalari barqaror rivojlanishga va yashil investitsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan universitetlar, ilmiy-ta’lim markazlari hamda tashkilotlar tomonidan foydalanilishi mumkin