ZAMONAVIY TA’LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Kompetensiyaviy yondashuv, mustaqil ta’lim, o‘quvchi kompetensiyasi, zamonaviy ta’lim, ta’lim sifati, interfaol metodlar, tanqidiy fikrlash, innovatsion texnologiyalar, shaxs rivoji, ta’lim samaradorligiAbstract
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning mazmun-mohiyati, uning o‘quvchilar shaxsini rivojlantirishdagi o‘rni hamda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, axborot bilan ishlash malakasi, muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik metod va texnologiyalar, raqamli vositalardan foydalanish, loyiha asosida o‘qitish, interfaol metodlar hamda o‘quvchilarning mustaqil ta’limga tayyorligini oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida kompetensiyaviy yondashuvning o‘quvchilarni hayotiy faoliyatga tayyorlashdagi muhim omil ekanligi asoslab beriladi.