JINOYATCHILIK STATISTIKASI VA FUQAROLARNING SUDGA MUROJAAT QILISH FAOLLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Keywords:
jinoyatchilik statistikasi, sudga murojaat qilish faolligi, huquqiy ong, huquqiy ishonch, sud tizimi, O‘zbekistonAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi misolida jinoyatchilik statistikasi va fuqarolarning sudga murojaat qilish faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik empirik va huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot rasmiy statistik ma’lumotlarga asoslanib, jinoyatchilik darajasi hamda sudlarga kelib tushgan murojaatlar dinamikasi va hududiy taqsimotini qiyosiy tahlil qilish orqali amalga oshirilgan. Olingan natijalar jinoyatchilik ko‘rsatkichlari va sudga murojaat qilish faolligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik mavjud emasligini, balki bu jarayon huquqiy ong, sud tizimiga bo‘lgan ishonch va huquqiy institutlar samaradorligi bilan uzviy bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot xulosalari sud-huquq siyosatini takomillashtirish va fuqarolarning huquqiy faolligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
Downloads
Published
Versions
- 2026-02-11 (2)
- 2026-02-10 (1)