BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK OMILLAR
Keywords:
ijodiy tafakkur, boshlang‘ich ta’lim, psixologik omillar, pedagogik strategiyalar, motivatsiya, bilish faolligi, emotsional barqarorlikAbstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishda psixologik va pedagogik omillarning roli tahlil qilinadi. Ijodiy tafakkur bolalarning muammoli vaziyatlarni hal qilish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda o‘quvchilarning motivatsiyasi, qiziqishi, emotsional barqarorligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi, shuningdek, pedagogning yondashuvi va dars metodikasi ijodiy tafakkur rivojiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, interfaol ta’lim metodlari, muammoli topshiriqlar va ijodiy mashqlar orqali tafakkur faolligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirish uchun psixologik jihatdan qulay muhit yaratish, individual xususiyatlarni hisobga olgan pedagogik strategiyalarni qo‘llash muhimdir. Shu bilan birga, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ijobiy psixologik munosabatlar bolalarning ijodiy faolligini sezilarli darajada oshiradi