PEDAGOGIK OTM TALABALARINING DARSDAN TASHQARI VAQTDA MUSTAQIL TA’LIMNI SAMARALI TASHKIL QILISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Keywords:
mustaqil ta’lim, pedagogik OTM, innovatsion yondashuv, refleksiya, raqamli ta’lim muhiti, o‘zini o‘zi boshqarish, kompetensiya, motivatsiya, individual trayektoriya, kasbiy rivojlanishAbstract
Mazkur tezisda pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining auditoriyadan tashqari vaqtda mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishning innovatsion yondashuvlari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yoritiladi. Zamonaviy ta’lim sharoitida talabaning mustaqil o‘rganish faoliyati uning kasbiy shakllanishi va pedagogik kompetensiyalarining rivojlanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tadqiqot davomida individual ta’lim trayektoriyasi, raqamli o‘quv platformalari, refleksiv monitoring va motivatsion mexanizmlarga asoslangan integrativ model ishlab chiqildi. Tajriba natijalari mustaqil ta’lim jarayonini innovatsion tashkil etish talabalarning o‘quv faolligi, tanqidiy fikrlashi va o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi