FANLARARO INTEGRATSIYANING DIDAKTIK ASOSLARI VA UNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
fanlararo integratsiya, didaktik asoslar, ta’lim samaradorligi, integrativ yondashuv, kompetensiya, tizimli bilim, o‘quv motivatsiyasi, pedagogik texnologiyalarAbstract
Ushbu maqolada fanlararo integratsiyaning ta’lim jarayonidagi didaktik asoslari, uning mazmuni va mohiyati yoritiladi. Fanlararo integratsiya ta’lim oluvchilarda bilimlarni tizimli va yaxlit holda shakllantirish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, integrativ yondashuvning ta’lim samaradorligiga ta’siri, o‘quv motivatsiyasini oshirish, fanlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni kuchaytirish va kompetensiyaviy yondashuvni ta’minlashdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari fanlararo integratsiyani ta’lim jarayoniga joriy etish o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi