O‘SMIRLARDA O‘ZINI-O‘ZI IDORA QILISHNING EMOTSIONAL VA IRODAVIY MEXANIZMLARINI SHAKLLANISHI HAMDA ULARNING SHAXSIY RIVOJLANISHDAGI PSIXOLOGIK OMILLARI

Authors

  • Marupov Xusan Akramovich Author

Keywords:

o‘smirlik davri, o‘zini-o‘zi boshqarish, emotsional mexanizmlar, irodaviy sifatlar, emotsional intellekt, motivatsiya, refleksiya, psixologik rivojlanish, regulyatsiya

Abstract

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida o‘zini-o‘zi idora qilishning emotsional va irodaviy mexanizmlarining shakllanish jarayoni hamda ularning shaxsiy rivojlanishga ta’sir etuvchi psixologik omillari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. O‘smirlik shaxs kamolotining muhim bosqichi bo‘lib, bu davrda emotsional barqarorlik, impulslarni nazorat qilish, maqsadga yo‘naltirilganlik, qat’iyatlilik va mustaqil qaror qabul qilish kabi irodaviy sifatlar faol rivojlanadi. Tadqiqotda o‘zini-o‘zi boshqarish jarayoni emotsional intellekt, motivatsiya, refleksiya, ijtimoiy muhit hamda oilaviy tarbiya omillari bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘smirlarda stressga chidamlilikni oshirish, xulq-atvorni ongli nazorat qilish va moslashuvchanlikni shakllantirishning psixologik mexanizmlari ochib beriladi. Maqolada diagnostik metodlar, kuzatish, so‘rovnoma va psixologik testlar asosida olingan natijalar umumlashtirilib, o‘zini-o‘zi regulyatsiya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida, psixologik xizmat faoliyatida hamda o‘smirlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarda samarali qo‘llanishi mumkin

Author Biography

  • Marupov Xusan Akramovich

    Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

     

Published

2026-02-13