O‘SMIRLARNING IJTIMOIY TARMOQLARDAGI XULQ-ATVORI VA MEDIASAVODLIK DARAJASIGA PSIXOLOGIK OMILLAR TA’SIRI

Authors

  • Nisolmuxammatova Namunaxon Inomjon qizi Author

Keywords:

o‘smirlar, ijtimoiy tarmoqlar, xulq-atvor, mediasavodlik, psixologik omillar, tanqidiy fikrlash, axborot madaniyati, emotsional barqarorlik

Abstract

Mazkur tadqiqot o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardagi xulq-atvori va mediasavodlik darajasiga psixologik omillarning ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar uchun asosiy kommunikatsiya va axborot olish vositasi sifatida faol ishlatilmoqda, biroq ularning xulq-atvori, tanqidiy fikrlash va axborotni baholash qobiliyati psixologik faktorlar bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotda o‘smirlarning emotsional barqarorligi, ijtimoiy motivatsiyasi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari mediasavodlikni shakllantirishda qanday rol o‘ynashi tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, psixologik salohiyat yuqori bo‘lgan o‘smirlar axborotni yanada tanqidiy qabul qiladi, xavfli yoki manipulyativ kontentdan samaraliroq himoyalanishga qodir va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanadi. Ushbu tadqiqot o‘qituvchilar, psixologlar va ota-onalar uchun o‘smirlarni mediasavodlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda amaliy tavsiyalar beradi

Author Biography

  • Nisolmuxammatova Namunaxon Inomjon qizi

    Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

Published

2026-02-13