BANK SEKTORIDA XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISHDA INNOVATSIYALARNING ROLI
Keywords:
Bank sektori, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, xizmatlar sifati, raqamli transformatsiya, elektron banking, mobil ilovalar, blokcheyn, sun’iy intellekt, mijoz ehtiyojlari, raqobatbardoshlik, moliyaviy barqarorlik, internet-banking, xavfsizlik tizimlari, tranzaksiyalar, moliyaviy savodxonlik, xizmat ko‘rsatish sifati, bank ishonchliligi, raqamli iqtisodiyot, samaradorlik, mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar, operatsion xarajatlar, foydalilik darajasi, innovatsion yechimlar, O‘zbekiston bank tizimi, elektron to‘lov tizimlari, mijozlar ishonchi, texnologik rivojlanish, moliya tizimi, iqtisodiy o‘sishAbstract
Mazkur tezisda bank sektorida xizmatlar sifatini oshirishda innovatsiyalarning roli tahlil qilinadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, elektron to‘lov tizimlari, mobil banking, blokcheyn va sun’iy intellekt kabi innovatsion yechimlar bank faoliyatini tubdan o‘zgartirmoqda. Tadqiqotda ushbu texnologiyalar yordamida mijozlarga qulay, tezkor va xavfsiz xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion yondashuvlar banklar o‘rtasida raqobatni kuchaytirishi, operatsion xarajatlarni kamaytirishi hamda foydalilik darajasini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. O‘zbekiston bank tizimida olib borilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari misolida xizmatlar sifatining oshishi, mijozlar ehtiyojiga yo‘naltirilgan xizmat turlari kengayishi va moliyaviy savodxonlik darajasining o‘sishi tahlil etilgan. Tezis yakunida innovatsiyalarni joriy etish bank tizimi barqarorligi, mijozlar ishonchi va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida baholanadi