PEDAGOGIK REFLEKTIVLIKNING BO‘LAJAK PEDAGOGLAR KASBIY SHAKLLANISHIGA TA’SIRI:NAZARIY-METODOLOGIK TADQIQOT

Авторы

  • Norboyeva Moxigul Shavkat qizi Автор

Ключевые слова:

pedagogik reflektivlik, refleksiya, bo‘lajak pedagog, kasbiy kompetensiya, kasbiy ong

Аннотация

Mazkur tezis bo‘lajak pedagoglarning kasbiy shakllanishida pedagogik reflektivlikning o‘rni va ahamiyatini nazariy-metodologik jihatdan yoritishga bag‘ishlangan. Pedagogik reflektivlik bo‘lajak pedagoglarning pedagogik faoliyatni ongli tahlil qilish, kasbiy qarorlarni baholash va pedagogik tajribani maqsadli qayta talqin etishga xizmat qiluvchi integrativ kasbiy kompetensiya sifatida talqin etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’lim sharoitida reflektiv va moslashuvchan pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi bilan izohlanadi. Tezis aksiologik va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqilib, pedagogik reflektivlik bo‘lajak pedagoglarda kasbiy ong va kasbiy qadriyatlarni shakllantirish mexanizmi sifatida mualliflik pozitsiyasida asoslanadi. Tezis natijalari pedagog kadrlar tayyorlash tizimida reflektiv kompetensiyani maqsadli rivojlantirish zaruratini ilmiy jihatdan asoslaydi

Биография автора

  • Norboyeva Moxigul Shavkat qizi

    Alfraganus universiteti ”Pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi

Опубликован

2026-02-14