UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA “FIZIKADAN HАMKОRLIKDА O‘QITISH TЕХNОLОGIYASI” NI O’QITISH METODIKASI
Ключевые слова:
fizika, pedagogika, interaktiv metodlar, hamkorlikda o‘qitish, umumiy o‘rta ta’lim, pedagogik mahorat, loyihaviy metod, jamoaviy ishlash, amaliy ko‘nikmalar, o‘quvchi faolligiАннотация
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika fanini hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining metodik asoslari va samarali usullari tahlil qilingan. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar va o‘quvchilarning faol ishtirokini rag‘batlantiruvchi texnologiyalar ko‘rib chiqilgan. Maqola maktab darslarida fizika fanini o‘qitish jarayonini optimallashtirish, o‘quvchilarning tushunish darajasini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Pedagogik jarayonda interaktiv usullar, loyihaviy metodlar, jamoaviy tajribalar va muammoli masalalarni birgalikda yechish orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini, jamoda ishlash qobilyatlarini sezilarli oshirish mumkin.
Maqolada shuningdek, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining o‘quvchilarning nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirishdagi roli, jamoaviy faoliyat va ijodiy yondashuvni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu metodika o‘quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va darslarda qiziqishni saqlashga xizmat qiladi. Tadqiqotda o'quvchilarning motivatsiyasini oshirish, fanga qiziqishni kuchaytirish va interfaol ta'lim muhiti yaratish bo'yicha usullar tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, bu usullar asosida tashkil etilgan ta'lim jarayoni o'quvchilarning faolligini oshiradi va bilim samaradorligini ta'minlaydi