ANNA AXMATOVA VA ABDULHAMID CHO‘LPON IJODIDA SHARQ OBRAZI
Keywords:
Sharq obrazi, mifopoetik obrazlar, ramziy obrazlar, Sharq madaniyati, Shahrizoda obrazi, mustamlakachilik, milliy ong, lirik subyekt, tarixiy-falsafiy talqinAbstract
Mazkur maqolada Anna Axmatova va Abdulhamid Cho‘lpon ijodida Sharq obrazining badiiy talqini qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Axmatova lirikasida Sharq Toshkent davri she’rlari misolida mifopoetik, ramziy va ekzistensial ma’naviy makon sifatida namoyon bo‘lishi yoritiladi. Uning she’rlarida tabiat obrazlari, Sharq motivi, atirgul, kishmish, bog‘ va tush kabi ramzlar orqali Sharq madaniy va ruhiy panoh sifatida talqin etiladi. Cho‘lpon lirikasida esa Sharq obrazi tarixiy-falsafiy mazmun kasb etib, mustamlakachilik sharoitida tanazzulga uchragan, ammo yangilanishi mumkin bo‘lgan sivilizatsiya timsoli sifatida tasvirlanadi. Shoirning “Sharq nuri” va “Bokuga Sharq qurultoyiga ketkanda” kabi she’rlari asosida Sharqning tarixiy fojeasi, milliy ong va ijtimoiy harakat g‘oyalari tahlil qilinadi. Maqolada har ikki shoir ijodida Sharq obrazi turli poetik va g‘oyaviy kontekstlarda ochib berilib, uning XX asr rus va o‘zbek she’riyatidagi estetik hamda falsafiy ahamiyati ko‘rsatib beriladi