KELAJAK POYDEVORI: TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMAT KO‘RSATISHNING YANGI STRATEGIYALARI
Keywords:
psixologik xizmat, maktab psixologi, ta’lim tizimi, psixologik yordam, innovatsion strategiyalar, profilaktika, o‘quvchi shaxsiyati, psixologik muhit, ijtimoiy moslashuv, ta’lim samaradorligiAbstract
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida psixologik xizmat ko‘rsatishning yangi strategiyalari, ularning o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va ta’lim samaradorligiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Bugungi globallashuv davrida yoshlarning ruhiy salomatligini saqlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va psixologik qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu sababli ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tizimini takomillashtirish, zamonaviy metod va texnologiyalarni joriy etish dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Maqolada maktab psixologining faoliyati, o‘quvchilarning psixologik muammolarini aniqlash va bartaraf etish yo‘llari, profilaktik ishlar, psixologik treninglar hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida psixologik xizmatni rivojlantirish orqali sog‘lom psixologik muhit yaratish, o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish mumkinligi tahlil qilingan