INKLYUZIV TA’LIMDA KADRLAR MASALASI
Keywords:
Inklyuziv ta’lim, pedagog kadrlar, malaka oshirish, inklyuziv pedagogika, xalqaro tajriba, innovatsion metodlarAbstract
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tizimida pedagog kadrlar yetishmovchiligining asosiy sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish uchun malakali o‘qituvchilarning mavjudligi muhim omil hisoblanadi. Biroq, pedagogik ta’lim tizimidagi kamchiliklar, maxsus tayyorgarlik dasturlarining yetishmovchiligi, malaka oshirish kurslarining cheklanganligi, moddiy va ma’naviy rag‘batning sustligi hamda jamiyatning inklyuziv ta’limga nisbatan qarashlari bu sohadagi muammolarni yanada kuchaytiradi. Maqolada ushbu muammolarga yechim sifatida pedagogik dasturlarni modernizatsiya qilish, o‘qituvchilar uchun maxsus tayyorgarlik va malaka oshirish kurslarini kengaytirish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda inklyuziv ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
 
							