O‘ZBEKISTON TELEVIDENIYESIDA MADANIY-KO‘NGILOCHAR DASTURLARNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Keywords:
Televideniye, madaniy-ko‘ngilochar dasturlar, teleko‘rsatuv, ommaviy axborot vositalari, milliy madaniyat, televideniye rivoji, media jarayonlari, teleloyiha, auditoriya, media madaniyatAbstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston televideniyesida madaniy-ko‘ngilochar dasturlarning shakllanish bosqichlari, ularning rivojlanish jarayoni hamda jamiyat madaniy hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Televideniye taraqqiyotining dastlabki davridan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan davrda yaratilgan madaniy-ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar, ularning mazmuni, shakli va auditoriyaga ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, milliy an’analar, san’at, musiqa va madaniyatni targ‘ib etishda televideniyening o‘rni hamda zamonaviy texnologiyalar ta’sirida dasturlarning yangilanish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston televideniyesida madaniy-ko‘ngilochar dasturlar evolyutsiyasi va ularning jamiyat ma’naviy hayotidagi ahamiyati ochib beriladi