ESHITISH QOBILIYATI CHEKLANGAN BOLALARDA PSIXOAKUSTIK VA NEVROKOGNITIV JARAYONLARNI O‘RGANISH ORQALI SHAXSIYLASHTIRILGAN REABILITATSIYA STRATEGIYALARINI ISHLAB CHIQISH VA ULARNING NUTQ VA KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARGA TA’SIRINI ILMIY TAHLIL QILISH
Keywords:
psixoakustik, nevrokognitiv, shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya, nutq idroki, kommunikativ ko‘nikmalar, fonem sezgirligi, auditoriya qobiliyati, bolalar muloqotiAbstract
Ushbu tadqiqot eshitish qobiliyati cheklangan bolalarda psixoakustik va nevrokognitiv jarayonlarni o‘rganish orqali shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya strategiyalarini ishlab chiqish va ularning nutq hamda kommunikativ ko‘nikmalarga ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida bolaning nutq idroki, fonem sezgirligi, auditoriya qobiliyati va ijtimoiy muloqot ko‘nikmalari psixoakustik va nevrokognitiv metodlar yordamida baholandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, individualizatsiyalangan reabilitatsiya dasturlari bolalarning nutq va kommunikativ kompetensiyasini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqot shuningdek, nevrokognitiv yondoshuvlar va psixoakustik tahlillarni integratsiyalash orqali reabilitatsiya samaradorligini kuchaytirish mumkinligini ilmiy asos bilan isbotlaydi