RAQAMLI QURILMALARDAGI MOVIY NUR FILTRI UYQUGA KETISH VAQTIGA (UYQU LATENTLIGI) VA INSONNING ICHKI BIOLOGIK SOATI (CIRCADIAN REGULATION) NI TARTIBGA SOLISHDA QANDAY O'RINGA EGA?

Authors

  • Zayliddinova Kamola Qobuljon qizi Author

Abstract

Zamonaviy texnologiyalar asrida raqamli qurilmalardan foydalanish ko'rsatkichi global miqyosda keskin oshib bormoqda. DataReportal (2024) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining o‘rtacha kunlik ekran vaqti 6 soat 40 daqiqani tashkil etmoqda, bu esa insoniyat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli ekranlardan tarqaladigan yuqori energiyali ko‘rinuvchi (HEV) moviy nur (to‘lqin uzunligi 450–495 nm) inson fiziologiyasiga bevosita ta’sir o‘tkazmoqda. Harvard Tibbiyot maktabi hisobotiga ko‘ra, tungi vaqtda moviy nur ta’sirida bo‘lish melatonin gormoni ishlab chiqarilishini boshqa rangli nurlarga qaraganda ikki baravar ko‘proq tormozlaydi

Author Biography

  • Zayliddinova Kamola Qobuljon qizi

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti, davolash fakulteti, 1-kurs talabasi

Published

2026-03-16