KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILIDA KOMMUNIKATIV (OG‘ZAKI) NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
kompetensiya, kommunikativ nutq, og‘zaki nutq, interaktiv mashg‘ulot, rol o‘yinlari, til o‘rganish, pragmatika, muloqot strategiyalariAbstract
Ushbu maqola kompetensiyaviy yondashuv asosida ingliz tilida og‘zaki kommunikativ nutqni rivojlantirish metodlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kompetensiyaviy yondashuv til o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini kompleks tarzda shakllantirishga imkon beradi. Mazkur yondashuv orqali o‘quvchilar nafaqat grammatik va leksik jihatdan, balki pragmatik va kommunikativ jihatdan ham mustahkam tayyorgarlikka ega bo‘ladilar. Tadqiqot davomida og‘zaki nutqning turli janrlari, interaktiv mashg‘ulotlar, rol o‘yinlari va muloqot strategiyalari amaliy misollar bilan tahlil qilinadi. Kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, so‘z boyligini kengaytirish va real muloqot vaziyatlarida nutqni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi