TALABALARDA EKRAN VAQTI VA KO‘RISH HOLATI: SO‘ROV TADQIQOTI NATIJALARI ASOSIDA VIZUAL OQIBATLAR VA PROFILAKTIK CHORALAR

Authors

  • Qo’shboqova Sevinch Diyor qizi Author
  • G’oyibnazarov Ro’zimurod Baxtiyorovich Author

Keywords:

ekran vaqti, ko‘z charchashi, digital eye strain, talabalar, smartfon, profilaktika

Abstract

Mazkur tezis talabalarda raqamli qurilmalardan foydalanish davomiyligi hamda uning ko‘rish holatiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot anonim so‘rovnoma asosida o‘tkazilib, 90 dan ortiq talabaning javoblari tahlil qilindi. Natijalar talabalarning katta qismi kuniga bir necha soat davomida smartfon va boshqa ekran qurilmalaridan foydalanishini ko‘rsatdi. Bu esa ko‘z charchashi, quruqlik, achishish, ko‘rishning xiralashishi va bosh og‘rig‘i kabi vizual simptomlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalari asosida talabalarda ko‘rish gigiyenasini yaxshilashga qaratilgan profilaktik choralar taklif etildi

Author Biographies

  • Qo’shboqova Sevinch Diyor qizi

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

  • G’oyibnazarov Ro’zimurod Baxtiyorovich

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Published

2026-03-16