SIYOSIY MARKETING TUSHUNCHASI UNING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
Keywords:
siyosiy marketing, elektorat, siyosiy kommunikatsiya, siyosiy imij, strategiya, legitimatsiya, siyosiy tizim, tahlilAbstract
Mazkur maqolada siyosiy marketing tushunchasi, uning mohiyati va asosiy funksiyalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida siyosiy marketingning shakllanishi, uning siyosiy tizimdagi o‘rni hamda zamonaviy siyosiy jarayonlarga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, elektorat ehtiyojlarini aniqlash, siyosiy kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish va siyosiy imijni shakllantirish kabi masalalar keng yoritildi. Tahlil asosida siyosiy marketingning analitik, kommunikativ, strategik va legitimatsiya funksiyalari ochib berildi hamda uning demokratik jamiyatdagi ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari siyosiy marketingni samarali qo‘llash siyosiy jarayonlarning barqarorligi va samaradorligini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi