XALQARO ISO STANDARTLARINING OLIY TA’LIM TIZIMIDAGI O‘RNI
Keywords:
ISO standartlari, oliy ta’lim tizimi, ta’lim sifati, sifat menejmenti, akkreditatsiya, reyting tizimi, xalqaro standartlar, ta’lim boshqaruvi, ichki audit, tashqi audit, ta’lim samaradorligi, sifat nazorati, ta’lim islohotiAbstract
Mazkur tezisda xalqaro ISO standartlarining oliy ta’lim tizimidagi o‘rni, ahamiyati va ularni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari yoritiladi. Globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini ta’minlash va xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlash dolzarb vazifa bo‘lib, bu jarayonda ISO standartlari, xususan sifat menejmentiga oid yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Tezisda ISO standartlarini joriy etish orqali ta’lim jarayonlarini tizimli tashkil etish, boshqaruv samaradorligini oshirish, ichki va tashqi audit mexanizmlarini takomillashtirish hamda ta’lim xizmatlari sifatini nazorat qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu standartlarning professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash, talabalar bilimini obyektiv aniqlash va ta’lim dasturlarini muntazam yangilab borishga qo‘shayotgan hissasi asoslab beriladi. Xalqaro tajriba misolida ISO standartlarining akkreditatsiya va reyting tizimlari bilan uyg‘un holda qo‘llanilishi ko‘rib chiqilib, bu orqali milliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, oliy ta’lim muassasalarining nufuzini oshirish va bitiruvchilarning global mehnat bozorida raqobatbardoshligini kuchaytirish imkoniyatlari ochib beriladi