BITIRUVCHILAR BANDLIGINI TA’MINLASHDA OLIY TA’LIM MUASSASASI VA ISH BERUVCHI HAMKORLIGI
Keywords:
Bitiruvchilar bandligi, oliy ta’lim muassasasi, ish beruvchi, hamkorlik, mehnat bozori, kadrlar tayyorlash, amaliy ko‘nikmalar, dual ta’lim, stajirovka, amaliyot dasturlari, karyera markazi, ishga joylashish, raqobatbardoshlikAbstract
Ushbu tezisda bitiruvchilar bandligini ta’minlashda oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi samarali hamkorlikning ahamiyati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan bo‘lib, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash zarurati asoslab beriladi. Unda oliy ta’lim tizimida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim dasturlarini ish beruvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, dual ta’lim elementlarini joriy etish muhimligi ta’kidlanadi. Shuningdek, amaliyot dasturlari, stajirovkalar, karyera markazlari faoliyati va ish beruvchilar ishtirokida o‘quv rejalari ishlab chiqish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tezisda bitiruvchilarning ishga joylashishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar, jumladan, malaka va talablar o‘rtasidagi nomuvofiqlik, ish tajribasining yetishmasligi hamda axborot almashinuvidagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tiladi. Muallif ushbu muammolarni hal etishda oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida barqaror va strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini asoslaydi, shuningdek, xorijiy tajriba asosida samarali hamkorlik modellari va ularni milliy sharoitda qo‘llash imkoniyatlarini taklif etadi