SHAMOL GENERATORLARINI LIRA-SAPR DASTURIDA HISOBLASH

Authors

  • Asqarov B.A. Author
  • Jobbarberganov J.R. Author
  • Jabbarberganov M.R Author

Abstract

Mazkur tezisda shamol generatorlari konstruksiyalarini hisoblash va tahlil qilish jarayonida zamonaviy sonli hisoblash dasturlaridan biri bo`lgan LIRA-SAPR dasturidan foydalanishning ahamiyati ko`rib chiqiladi. Shamol energetikasi inshootlari murakkab statik va dinamik yuklanishlar ta’sirida ishlaydigan muhandislik tizimlari hisoblanadi, shuning uchun ularni aniq va ishonchli hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi. LIRA-SAPR dasturi qurilish konstruksiyalarini chekli elementlar usuli (FEM) asosida hisoblash imkonini beradi va murakkab geometrik shakllarga ega bo`lgan inshootlarni ham yuqori aniqlikda modellashtirishga yordam beradi. Ushbu dastur yordamida shamol generatori ustuniga ta’sir etuvchi shamol yuklari, o`z og`irligi, seysmik ta’sirlar hamda ekspluatatsion yuklar kompleks ravishda hisobga olinadi. Tezisda LIRA-SAPR dasturining afzalliklari sifatida avtomatlashtirilgan hisoblash jarayoni, materiallarning turli xossalarini hisobga olish imkoniyati, yuklarning kombinatsiyalarini yaratish, hamda natijalarni grafik va diagramma ko`rinishida tahlil qilish imkoniyati yoritiladi. Shuningdek, dastur yordamida konstruksiyaning optimal yechimlarini tanlash, armatura sarfini kamaytirish va xavfsizlik darajasini oshirish imkoniyati mavjudligi ko`rsatiladi

Author Biographies

  • Asqarov B.A.

    t.f.d.prof.

  • Jobbarberganov J.R.

    Magistrant

  • Jabbarberganov M.R

    Talaba

Published

2026-04-12