SHAMOL GENERATORLARINING AHAMIYATI VA O`RNI
Keywords:
Shamol energetikasi, shamol generatori, qayta tiklanuvchi energiya, yashil energiya, ekologik toza energiya, energiya samaradorligi, energiya xavfsizligi, barqaror rivojlanish, alternativ energiya manbalari, elektr energiyasi ishlab chiqarish, atmosfera ifloslanishini kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, energiya mustaqilligi, zamonaviy energetika tizimiAbstract
Mazkur tezisda shamol generatorlarining hozirgi kundagi energetika tizimidagi ahamiyati va tutgan o`rni keng yoritilgan. Bugungi kunda dunyo miqyosida energiyaga bo`lgan talabning ortib borishi, an’anaviy yoqilg`i resurslarining cheklanganligi hamda ekologik muammolarning kuchayishi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo`lgan ehtiyojni keskin oshirmoqda. Shu nuqtai nazardan shamol energetikasi eng istiqbolli va tez rivojlanayotgan yo`nalishlardan biri hisoblanadi. Tezisda shamol generatorlarining elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi roli, ularning ekologik tozaligi, ya’ni zararli gazlar chiqarmasdan energiya ishlab chiqarish imkoniyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, shamol energiyasidan foydalanish orqali yoqilg`i resurslariga bo`lgan qaramlikni kamaytirish, energiya xavfsizligini ta’minlash hamda uzoq hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari ko`rib chiqiladi. Bundan tashqari, shamol energetikasining iqtisodiy jihatlari ham muhim o`rin tutadi. Dastlabki investitsiya talab etilishiga qaramasdan, ekspluatatsiya jarayonida yoqilg`i xarajatlarining yo`qligi uni uzoq muddatda samarali energiya manbasiga aylantiradi. Ayniqsa, shamol resurslari yuqori bo`lgan hududlarda ushbu texnologiyani joriy etish katta iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltiradi