BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING KLINIK FIKRLASHI VA AMALIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Keywords:
bo‘lajak shifokorlar, klinik fikrlash, amaliy tayyorgarlik, raqamli ta’lim texnologiyalari, tibbiy ta’lim, simulyatsion o‘qitish, kasbiy kompetensiya, interaktiv ta’limAbstract
Mazkur tezisda bo‘lajak shifokorlarning klinik fikrlashi va amaliy tayyorgarligini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy tibbiyot ta’limida klinik fikrlash kompetensiyasi simptomlarni tahlil qilish, tashxisiy farqlash, klinik ma’lumotlarni umumlashtirish va asoslangan qaror qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, amaliy tayyorgarlik kompetensiyasi nazariy bilimlarni real hamda modellashtirilgan klinik vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalarini qamrab oladi. Tezisda virtual simulyatsiyalar, interaktiv platformalar, raqamli klinik stsenariylar, elektron baholash vositalari va multimedia resurslarining ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Natijalar raqamli texnologiyalarni metodik jihatdan asoslangan holda qo‘llash bo‘lajak shifokorlarning klinik tafakkuri, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va amaliy faoliyatga tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi