“KARDIOLOGIYA” FANINI O‘QITISHDA BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI VA EKSPERIMENTAL NATIJALARI

Authors

  • Kasimova Nixola Kadirovna Author

Keywords:

kardiologiya, bo‘lajak shifokorlar, kasbiy kompetensiya, baholash mezonlari, eksperimental natijalar, klinik fikrlash, simulyatsion ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv

Abstract

Mazkur tezisda “Kardiologiya” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak shifokorlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini baholash mezonlari hamda tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilingan. Tadqiqotda kasbiy kompetensiyaning mazmuni klinik fikrlash, amaliy ko‘nikma, kommunikativ tayyorgarlik, mustaqil qaror qabul qilish va refleksiv yondashuv kabi tarkibiy qismlar asosida yoritilgan. Shuningdek, kompetensiya rivojlanish darajasini aniqlash uchun kognitiv, amaliy-faoliyatli, motivatsion-qadriyatli va shaxsiy-refleksiv mezonlar ishlab chiqilgan. Eksperimental kuzatuvlar natijasida interaktiv metodlar, klinik vaziyatlar, simulyatsion topshiriqlar va kompetensiyaviy baholash vositalariga tayangan holda tashkil etilgan o‘quv jarayoni talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatishi asoslab berilgan

Author Biography

  • Kasimova Nixola Kadirovna

    Andijon davlat tibbiyot instituti mustaqil tadqiqotchisi

Published

2026-04-14