BO‘LAJAK SHIFOKORLARDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI VA KARDIOLOGIYA TA’LIMIDAGI AHAMIYATI
Keywords:
bo‘lajak shifokorlar, kasbiy kompetensiya, pedagogik imkoniyatlar, psixologik imkoniyatlar, kardiologiya ta’limi, klinik fikrlash, motivatsiya, refleksiya, tibbiy ta’limAbstract
Mazkur tezisda bo‘lajak shifokorlarda kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari hamda ularning kardiologiya ta’limidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy tibbiyot ta’limida kasbiy kompetensiya nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, klinik fikrlash, kommunikativ tayyorgarlik, mustaqil qaror qabul qilish va refleksiv yondashuvning uzviy birligi sifatida talqin etiladi. Shu bois “Kardiologiya” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak shifokorlarning kasbiy shakllanishini ta’minlash faqat mazmuniy tayyorgarlik bilan emas, balki samarali pedagogik sharoitlar va ijobiy psixologik muhit yaratish bilan ham chambarchas bog‘liq. Tezisda muammoli ta’lim, klinik vaziyatlar tahlili, simulyatsion mashg‘ulotlar, interaktiv metodlar, refleksiv topshiriqlar, motivatsion yondashuv va emotsional barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi omillarning kasbiy kompetensiyani rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik-psixologik imkoniyatlardan kompleks foydalanish bo‘lajak shifokorlarning kardiologik tayyorgarligini va kasbiy faoliyatga tayyorligini oshirishini ko‘rsatadi