CHERRI POMIDOR NAV VA DURAGAYLARINI YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Keywords:
cherri pomidor, navlar, Fazilat navi, agrotexnologiya, iqtisodiy samaradorlik, hosildorlik, standart mahsulot, yalpi daromad, sof foyda, rentabellik, shpalera usuli, soyalatish, tirgovuchlar, intensiv texnologiyaAbstract
Ushbu tadqiqotda 2022–2024 yillar davomida Buxoro viloyati sharoitida cherri pomidor navlarini tanlash hamda Fazilat navini turli agrotexnologik usullarda yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi o‘rganilgan. Jadvallar asosida navlar kesimida yalpi hosildorlik, standart mahsulot ulushi, yalpi daromad, sof foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga, soyalatish, tirgovuchlar, shpalerani va soyalatish uchun setka yopish kabi texnologik usullarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, yuqori hosildorlikka ega navlar va intensiv agrotexnologiyalar qo‘llanilganida yalpi daromad hamda sof foyda ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarishda samarali nav va texnologiyalarni tanlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega