ABDUGʻAFUR RASULOV IJODI VA TANQIDCHILIK ME’ROSI

Authors

  • Sharifjonova Ruxsora Author

Keywords:

Abdug‘afur Rasulov, o‘zbek adabiyotshunosligi, adabiy tanqid, munaqqid mahorati, ilmiy-estetik qarash, tanqidchilik uslubi, metodologik yondashuv, adabiy jarayon, badiiy tahlil, xolislik tamoyili, adabiyotshunoslik maktabi, filologik meros, zamonaviy tanqidchilik

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotshunosligining yirik namoyandasi, filologiya fanlari doktori, professor Abdug‘afur Rasulovning adabiy-tanqidiy faoliyati atroflicha tahlil etiladi. Tadqiqotda olimning ilmiy-estetik qarashlari shakllanish bosqichlari va uning o‘zbek tanqidchiligi rivojidagi o‘rni ilmiy asoslab beriladi. Muallif Abdug‘afur Rasulovning adabiy jarayonga yondashuvidagi o‘ziga xos uslubni, xususan, badiiy asarni tahlil qilishdagi xolislik va talabchanlik tamoyillarini yoritib beradi. Uning ijodi o‘zbek adabiy tanqidchiligida yangi ilmiy yondashuvlar, konseptual fikrlar va metodologik asoslarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Mazkur ish olimning adabiyotshunoslik maktabi, shogirdlar yetishtirishdagi o‘rni hamda zamonaviy adabiy jarayonda tutgan ahamiyatini ham o‘z ichiga oladi

Author Biography

  • Sharifjonova Ruxsora

    Farg’ona davlat universiteti

    Filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishi

    IV bosqich talabasi

Published

2026-04-15