QOMUSIY OLIMLARNING TILSHUNOSLIKKA OID QARASHLARI
Keywords:
qomusiy olimlar, til va tafakkur, nutq jarayoni, lingvistik qarashlar, tilning ijtimoiy tabiati, madaniyat va til, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, lug‘atshunoslik, grammatik tizim, semantika, fonetika, tafakkur mexanizmlari, ilmiy meros, Sharq mutafakkirlari, lingvistik nazariya, inson ongi va til, nutq va mantiq, tilning rivojlanishi, til falsafasiAbstract
Sharq uyg‘onish davrida yashab ijod qilgan qomusiy olimlarning tilshunoslikka oid qarashlarini chuqur ilmiy va tafakkuriy yondashuv asosida yoritishga bag‘ishlangan. Unda Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino hamda Mahmud Koshg‘ariy kabi buyuk mutafakkirlarning til, nutq va tafakkur o‘rtasidagi murakkab munosabatlarga oid ilmiy qarashlari tahlil qilinadi.
Til inson ongining mahsuli sifatida talqin etilib, uning nafaqat aloqa vositasi, balki fikrni shakllantiruvchi va uni tartibga soluvchi muhim omil ekani asoslab beriladi. Qomusiy olimlarning qarashlari orqali tilning ijtimoiy tabiati, uning madaniyat bilan uzviy bog‘liqligi, shuningdek, inson tafakkurining rivojlanishidagi o‘rni ochib beriladi.
Til va tafakkur birligi masalasi falsafiy nuqtai nazardan yoritilib, nutq jarayonining inson ongidagi aks etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Allomalarning ilmiy merosi zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, ularning g‘oyalari bugungi lingvistik nazariyalar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Tilshunoslik tarixini inson omili bilan uyg‘un holda anglash, qadimiy ilmiy merosni zamonaviy tafakkur bilan bog‘lash hamda tilni faqat tizim sifatida emas, balki tirik va doimiy rivojlanib boruvchi hodisa sifatida talqin qilishga xizmat qiladi