MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY IJODIDA TA’LIM VA TARBIYA MASALALARI

Authors

  • Mirzoyeva Nigora Shavkatjonovna Author
  • Boysariyev Shaxzod Sherzod oʻgʻli Author

Keywords:

Behbudiy, jadidchilik, ta’lim, tarbiya, yangi usul maktabi, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish

Abstract

Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodida ta’lim va tarbiya masalalarining yoritilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, Jadidchilik harakati doirasida amalga oshirilgan ta’lim islohotlarining mazmun-mohiyati ochib beriladi. Behbudiyning "Usuli jadid" maktablari, milliy matbuot va teatr orqali jamiyatni qayta tarbiyalash borasidagi g‘oyalari tizimlashtiriladi. Shuningdek, maqolada Behbudiyning til o‘rganish va dunyoviy ilmlarni egallash bo‘yicha ilgari surgan konsepsiyalari bugungi kun ta’lim islohotlari prizmasida ko‘rib chiqiladi, hamda ushbu qarashlarning zamonaviy ta’lim tizimi bilan uyg‘un va bahsli jihatlari ham qisqacha tahlil qilinadi. Maqolada Behbudiyning milliy uyg‘onish davridagi o‘rni, uning ma’rifatparvarlik faoliyati hamda tarbiya orqali jamiyatni taraqqiyot sari yetaklash g‘oyasi ilmiy jihatdan asoslanadi.

Author Biographies

  • Mirzoyeva Nigora Shavkatjonovna

    Samarqand Davlat Pedagogika instituti o'qituvchisi

  • Boysariyev Shaxzod Sherzod oʻgʻli

    Samarqand Davlat Pedagogika instituti 1-kurs talabasi

Published

2026-04-16