SHAHAR SHAROITIDA JANGOVAR HARAKATLAR OLIB BORAYOTGAN BO‘LINMALARNING TAKTIK TAYYORGARLIGI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Authors

  • Olimjonov Muxriddin Nizomiddin o‘g‘li Author

Keywords:

shahar janglari, taktik tayyorgarlik, urban operatsiyalar, zamonaviy taktikalar, kognitiv ustunlik, axborot texnologiyalari, dronlar

Abstract

Mazkur maqolada shahar sharoitida jangovar harakatlar olib borayotgan bo‘linmalarning taktik tayyorgarligi va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida urban janglarning ko‘p o‘lchamli xususiyati, vertikal va yer osti makonlarining ahamiyati hamda axborot va texnologik ustunlikning hal qiluvchi roli asoslab beriladi. “Top-Down” shturm, devor ortini ko‘rish texnologiyalari, mikro-dronlar to‘dasi, akustik lokalizatsiya va gibrid harakatlar kabi zamonaviy yondashuvlar misolida bo‘linmalar taktik tayyorgarligini moslashuvchan va kognitiv yo‘naltirilgan tizim sifatida rivojlantirish zarurligi ko‘rsatib beriladi. Maqola natijalari shahar sharoitida jangovar harakatlar olib borish taktikasini takomillashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy-nazariy asoslarni shakllantiradi

Author Biography

  • Olimjonov Muxriddin Nizomiddin o‘g‘li

    Jamoat havfsizligi universiteti magistratura tinglovchisi

Published

2026-04-17