URUSH VA INSON: “SHINELLI YILLAR “ ROMANIDA KONFLIKT VA DRAMATIZM MASALASI

Authors

  • Begmurotova Oyxon To`lqinjon qizi Author

Keywords:

konflikt, dramatizm, badiiy ziddiyat, syujet, kompozitsiya, xarakter, ichki va tashqi konflikt, realizm, urush mavzusi

Abstract

Mazkur maqolada Shuhratning “Shinelli yillar” romanida konflikt va dramatizm masalasi badiiy-estetik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Asarda urush davri voqeliklari fonida yuzaga kelgan tashqi va ichki ziddiyatlar, qahramonlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar hamda shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to‘qnashuvi yoritiladi. Konfliktning syujet rivojidagi o‘rni, dramatik vaziyatlarning yuzaga kelish mexanizmi va ularning qahramon xarakterini ochishdagi funksiyasi ilmiy asosda tahlil etiladi. Tadqiqot davomida roman kompozitsiyasida dramatizmning kuchayish omillari hamda uning g‘oyaviy-badiiy mazmunni chuqurlashtirishdagi ahamiyati aniqlanadi. Natijada “Shinelli yillar” asarida konflikt va dramatizm realizm tamoyillari asosida shakllangani xulosaga kelinadi.

Author Biography

  • Begmurotova Oyxon To`lqinjon qizi

    Farg`ona Davlat universiteti Filologiya tillarni o`qitish o`zbek tili yo`nalishi 4-bosqich talabasi

Published

2026-04-17