U.HAMDAMNING “TOSH” HIKOYASI G‘OYAVIY-BADIIY TAHLILI

Authors

  • Qurbanova Laylo Talibayevna Author

Keywords:

tosh ramzi, yovuzlikning tug‘ilishi, ruhiy tushkunlik, begonalashuv, ichki inqiroz, go‘zallik va shafqatsizlik, psixologik tahlil, falsafiy talqin, ong osti, ma’naviy qulash

Abstract

Mazkur maqolada U. Hamdamning “Tosh” hikoyasi falsafiy-psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Asarda inson qalbida shakllanadigan tushkunlik, begonalashuv va ichki og‘irlik “tosh” ramzi orqali ochib beriladi. Tadqiqotda yovuzlikning tashqi emas, balki insonning o‘z ruhiy olamida tug‘ilishi g‘oyasi asoslab beriladi. Go‘zallik va shafqatsizlik qarama-qarshiligi, illyuziya va haqiqat to‘qnashuvi hamda ong ostidagi zo‘ravonlik istagining shakllanish jarayoni badiiy timsollar vositasida yoritiladi. Hikoya inson ruhiyatidagi ma’naviy inqiroz va uning ijtimoiy xavfini ko‘rsatib beruvchi falsafiy asar sifatida talqin etiladi

Author Biography

  • Qurbanova Laylo Talibayevna

    Buxoro xalqaro universiteti magistranti

Published

2026-05-01