QISHLOQ XO‘JALIGIDA DON ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING SAMARALI MEXANIZMLARI
Keywords:
ishlab chiqarish samaradorligi, resurslardan oqilona foydalanish, hosildorlik, agrotexnik tadbirlar, raqamli monitoring, suv tejovchi texnologiyalar, boshqaruv samaradorligi, iqtisodiy rentabellikAbstract
Mazkur ilmiy maqolada qishloq xo‘jaligida don ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar — yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish, innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari tizimli yondashuv asosida o‘rganildi. Statistik va taqqoslama tahlillar asosida don yetishtirishda hosildorlik va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari baholangan. Tadqiqot natijalari don ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni shakllantirish imkonini berdi. Ushbu takliflar qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi