O‘RTA ASRLARDA KITOBXONLIK, SAN’AT VA ILM-FANNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Keywords:
Movarounnahr, ilm-fan, kitobxonlik, qo‘lyozma san’ati, Qur’on, kutubxona, madrasa, masjidlar, diniy va dunyoviy bilimlar, ma’rifiy ruh.Abstract
Mazkur maqola o‘rta asrlarda Movarounnahr hududida ilm-fan, kitobxonlik, qo‘lyozma san’ati va diniy ta’lim madaniyatining shakllanishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan. Maqolada, o‘rta asrlarda ilmiy markazlarga aylangan Samarqand va Buxoro shaharlarida yaratilgan ilmiy asarlar va ularning dunyo ilm-faniga qo‘shgan hissasi ko‘rsatilgan. Qo‘lyozma san’ati, Qur’on va hadislarni yozish san’ati, madrasa va masjidlarda ilm olish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, maqolada Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy va adabiy merosi, ularning asarlarining zamonaviy ahamiyati ham tahlil qilingan. Movarounnahr hududining ilmiy va madaniy merosi bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega ekanligi, ularning jahon tamaddunidagi o‘rni haqida xulosa chiqarilgan.