MASOFADAN ZONDLASH VOSITALARI ORQALI QIZILQUM CHO’LIDA YASHOVCHI YOVVOYI HAYVONLARNING MONITORINGINI YURITISH

Authors

  • S.H.OLTINOV Author
  • SH.F. MURTAZOYEV Author
  • A. HAMZAYEV Author

Keywords:

Qizilqum cho’li ma’lumotlari, plan, fazoviy ma’lumotlar,masofadan zondlash, uchuvchisiz uchish qurilmalar tizimi.

Abstract

Ushbu maqolada masofadan zondlash texnologiyalari yovvoyi hayvonlarning tarqalish joylarini, ko'payish hududlarini va migratsiya yo'nalishlarini kuzatish imkonini beradi. Sun'iy yo'ldoshlar va dronlar yordamida olingan tasvirlar, hayvonlarning yashash joylaridagi o'zgarishlarni tezda aniqlashga yordam beradi, bu esa ekologik holatni baholashda va muhofaza qilish chora-tadbirlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, masofadan zondlash orqali faqatgina yovvoyi hayvonlarning o'ziga xos joylashuvi va harakati emas, balki ularning atrof-muhitga bo'lgan ta'siri va yashash muhitining sifatini tahlil qilish ham mumkin. Ushbu tadqiqotda Qizilqum cho'li hududida yashovchi yovvoyi hayvonlarning tarqalishini va holatini masofadan zondlash vositalari yordamida monitoring qilishning metodologiyasi, foydalanilayotgan texnologiyalar va bu sohadagi ilg'or tadqiqotlar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, masofadan zondlash vositalarining samaradorligi, ularning ekologik va biologik ma'lumotlarni to'plashdagi roli, shuningdek, bu metodlarni qo'llashda yuzaga keladigan muammolar va imkoniyatlar tahlil etiladi. Bunday yondashuvlar yovvoyi tabiatni himoya qilishda va uning barqaror rivojlanishiga ko'maklashishda muhim ahamiyatga ega.

Author Biographies

  • S.H.OLTINOV

    BUXORO DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI O’QITUVCHISI

  • SH.F. MURTAZOYEV

    BUXORO DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI

  • A. HAMZAYEV

    BUXORO DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI

Published

2025-03-14