AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIK DARAJASI VA MAVJUD MUOMMOLARNI BARTARAF ETISH

Authors

  • Akbarova Barno Shuxratovna Author
  • Ahmedova Nasiba Olimjon qizi Author

Keywords:

moliyaviy savodxonlik, moliyaviy taʼlim, iqtisodiy barqarorlik, moliyaviy qarorlar, aholi hayoti sifati. Финансовая грамотность населения и устранение существующих проблем

Abstract

Ushbu maqolada moliyaviy savodxonlik jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi aholining moliyaviy qarorlar qabul qilishida xatolarga, qarzga botishga va uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni yoʻqotishiga olib keladi. Bu muammolar, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda koʻproq kuzatiladi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun samarali chora-tadbirlar qoʻllash zarur. Bularga moliyaviy taʼlim dasturlarini joriy etish, bank xizmatlarini qulaylashtirish, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligida olib boriladigan targʻibot ishlari kiradi. Moliyaviy savodxonlikni oshirish orqali aholi moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, investitsiya qilish va rejalashtirish qobiliyatini oshiradi, natijada ularning hayot sifati yaxshilanadi va iqtisodiy barqarorlik taʼminlanadi.

Shu bilan birga, mavjud muommolarni bartaraf etish uchun moliyaviy institutlar va qonun chiqaruvchi organlar tomonidan shaffof va qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholini moliyaviy xizmatlar boʻyicha ongli ravishda maʼlumotlarni oshirish zarur. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, moliyaviy savodxonlikni oshirish boʻyicha qoʻllaniladigan strategiyalar uzoq muddatda ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.

Author Biographies

  • Akbarova Barno Shuxratovna

    Iqtisodiy statistika kafedrasi dotsenti

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Talaba

  • Ahmedova Nasiba Olimjon qizi

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    E mail:nasibaakhmedovaaa@gmail.com

Published

2025-03-16