YANGI OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA TADQIQOTLARNING OʻRNI VA RIVOJLANISH OMILLARI
Keywords:
Ilmiy tadqiqot, innovatsiya, taraqqiyot, iqtisodiy islohot, davlat qo‘llab-quvvatlashi, ilmiy institutlar, xalqaro hamkorlik, texnologik rivojlanish, ta’lim tizimi, ekologik muammolar.Abstract
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida ilmiy-tadqiqot ishlari muhim oʻrin tutadi. Innovatsion texnologiyalar, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ilmiy tadqiqotlar orqali iqtisodiyotning turli sohalarida samaradorlik oshirilib, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, ilmiy izlanishlar natijasida davlat boshqaruvi, ta’lim tizimi, ekologiya va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda ham zamonaviy yechimlar taklif etiladi. Tadqiqotlarning rivojlanish omillari sifatida ilmiy institutlar faoliyatining takomillashuvi, xalqaro ilmiy hamkorlik, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, davlat tomonidan grant va subsidiyalar ajratilishi kabi jihatlar ajralib turadi. Shuningdek, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash ham ilmiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Yangi Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga, xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
 
							