IN VITRO SHAROITIDA BANAN NAVLARINI KLONAL MIKROKOʻPAYTIRISH BOSQICHLARI
Keywords:
Banan, mikroklonal, garmonlar, oziqa muhit, adaptatsiya.Abstract
Ushbu tadqiqotda banan o‘simligini mikroklonal ko‘paytirish jarayonining asosiy bosqichlari va ularning har biri uchun ilmiy tavsiflar keltirilgan. Banan o‘simligini in vitro sharoitida ko‘paytirish jarayoni sog‘lom va genetik jihatdan barqaror ona o‘simlikdan boshlanadi, so‘ngra eksplant ajratish, sterilizatsiya, madaniy muhitga ko‘chirish, ko‘paytirish, ildiz chiqarish va akklimatizatsiya bosqichlari orqali yangi o‘simliklar olinadi. Har bir bosqichda ehtiyotkorlik va aniq texnikalar talab etilib, natijada yuqori sifatli va genetik jihatdan barqaror o‘simliklar hosil bo‘ladi. Ushbu jarayonning samarali amalga oshirilishi zamonaviy biotexnologiya va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etishni taqozo etadi. Banan o‘simligini mikroklonal ko‘paytirish usuli yuqori hosildorlik va sifatni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, dunyo bo‘yicha banan yetishtirishni barqarorlashtirishga yordam beradi.