BOSHLANG‘ICH TA'LIM TABIIY FANLARIDA EKSKURSIYA DARSLARI
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, tabiiy fanlar, ekskursiya darslari, amaliy o‘qitish, ekologik tarbiya, kuzatuvchanlik, o‘quv motiatsiyasi, pedagogik metod.Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishda ekskursiya darslarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ekskursiya darslari orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash, atrof-muhitni chuqurroq idrok etish va ekologik tarbiyani shakllantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Maqolada ekskursiya darslarining turlari, metodik asoslari, o‘quvchilarga ta’siri va o‘qituvchining roli batafsil ko‘rib chiqilgan. Ekskursiya darslari misollar asosida izohlangan va ularning ta’lim jarayoniga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekskursiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va kuzatuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi xulosa qilingan.