SHAXS FE'L ATVORINI IFODALOVCHI SIFATLARNING MORFOLOGIK VA SINTAKTIK O‘ZGARUVCHANLIGI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA

Authors

  • Mamadiyorova Sevara Olimjon qizi Author

Keywords:

sifat, fe'l atvori, morfologik o‘zgaruvchanlik, sintaktik funksiya, ingliz tili, o‘zbek tili, aniqlovchi, predikativlik, tilshunoslik, qiyosiy tahlil

Abstract

Mazkur maqolada shaxs fe'l atvorini ifodalovchi sifatlar va ularning ingliz hamda o‘zbek tillarida morfologik va sintaktik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikki til doirasida sifatlarning fe'l atvorga oid semantik yuklamasi, ularning morfologik shakllanishi va gapdagi sintaktik roli tadqiq etiladi. Tadqiqot natijalari sifatlarning til strukturasi va shaxs psixologiyasini ifodalashdagi o‘rni, hamda madaniyatlararo tafovutlarni ko‘rsatib beradi. Maqolada sifatlarning o‘zgaruvchanligi, ularning zamon, daraja va holatga ko‘ra qanday shakllanishi, shuningdek, gapda aniqlovchi yoki kesim vazifasida kelish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Author Biography

  • Mamadiyorova Sevara Olimjon qizi

    Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili oʻqituvchisi

Published

2025-04-21