NILUFAR UMAROVA SHE’RLARIDAGI METAFORALARNING FALSAFIY VA PSIXOLOGIK HOLATLAR TASVIRLAR
Keywords:
metafora, psixologik tahlil, falsafiy ifoda, o‘zbek she’riyati, obrazlar tizimi, ruhiy kechinma, poetik tafakkur.Abstract
Mazkur maqolada Nilufar Umarovaning she’riyatida metaforalarning falsafiy va psixologik holatlar tasviridagi o‘rnini yoritadi. Tadqiqotda shoiraning poetik uslubi, obrazlar tizimi va ruhiy kechinmalarni badiiy ifodalashdagi mahorati chuqur tahlil qilinadi. Umarovaning metaforalari nafaqat badiiy bezak, balki insonning ichki olami, iztiroblari, umid va quvonchlarini ifodalovchi ruhiy vosita sifatida qaraladi.
Tahlil davomida shoiraning “yo‘l”, “quyosh”, “tandir”, “oy”, “shamol”, “tong”, “gullar” kabi obrazlar orqali inson ruhiyatining murakkab qatlamlarini qanday tasvirlay olgani ko‘rsatiladi. Metaforalarning psixologik funksiyasi sifatida ular ong osti kechinmalari, ichki dialoglar va ruhiy uyg‘onish jarayonlarini ochib berishdagi o‘rni asoslab beriladi.