YURAK TRANSPLANTATSIYASINING RIVOJLANISHI VA MUVAFFAQIYAT OMILLARI.

Authors

  • Raubjonov Xusanboy Mamatolibovich Author

Keywords:

Shuningdek, transplantatsiya jarayonidan keyin organizmning immun tizimi transplantatsiyani rad etmasligi uchun mo‘ljallangan dorilarning samaradorligi, asoratlarning oldini olish ham muvaffaqiyatga ta’sir qiluvchi muhim omillardir.Yurak transplantatsiyasining rivojlanishining dolzarbligi shundaki, har yili yurak kasalliklaridan aziyat chekuvchi bemorlarning soni ortmoqda.

Abstract

Yurak transplantatsiyasi — bu nafaqat tibbiyot, balki ijtimoiy va iqtisodiy nuqtai nazardan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, dunyo bo‘ylab yurak kasalliklaridan o‘lim darajasi juda yuqori. O‘limga olib keladigan yurak kasalliklari, ayniqsa, koronar yurak kasalligi va yurak yetishmovchiligi kabi holatlar, ko‘plab bemorlarni yurak transplantatsiyasiga murojaat qilishga majbur etmoqda. Yurak transplantatsiyasi, o‘zgarmaydigan yurak kasalliklari bilan yashayotgan bemorlar uchun yagona samarali davolash usuli sifatida, so‘nggi yillarda juda rivojlanib, muvaffaqiyatli natijalarga erishildi.Biroq, yurak transplantatsiyasining muvaffaqiyati ko‘plab omillarga bog‘liq. Bu jarayonni amalga oshirishda nafaqat jarrohning tajribasi, balki bemorning umumiy salomatligi, immunosupressiv davolashni to‘g‘ri qo‘llash va donor yurakning sifatli bo‘lishi hamda transplantatsiyadan keyingi reabilitatsiya muhim rol o‘ynaydi. 

Published

2025-04-27

How to Cite

YURAK TRANSPLANTATSIYASINING RIVOJLANISHI VA MUVAFFAQIYAT OMILLARI. (2025). Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 42(1), 210-219. https://scientific-jl.com/trt/article/view/10588