YURAK KASALLIKLARINING GENETIK ASOSLARI VA ULARNI OLDINI OLISH.
Keywords:
Ularning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, har biri o‘ziga xos patologik jarayonlar bilan kechadi. Yurak kasalliklarining rivojlanishiga nafaqat atrof-muhit omillari, balki genetika ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tezisda yurak kasalliklarining genetik asoslari va ularni oldini olish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritiladi.Abstract
Yurak kasalliklari jahon miqyosida eng keng tarqalgan sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib, har yili millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi genetik omillar, yuqori qon bosimi, xolesterolning oshishi, yurak-qon tomir tizimining kasalliklari va turli ekologik omillar tufayli yuzaga keladi. Yurak kasalliklarining genetik asoslari nafaqat kasalliklarning rivojlanish mexanizmlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi, balki bu kasalliklarning oldini olish va davolash usullarini yanada takomillashtirishga imkon yaratadi. Shuning uchun yurak kasalliklarining genetik asoslarini o‘rganish va ularni oldini olish choralarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy va tibbiy muammolar sirasiga kiradi. urak kasalliklari hozirgi kunda jahon bo‘yicha asosiy o‘lim sabablaridan biri hisoblanadi.