ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA SAMARQAND VILOYATI SHAHAR VA QISHLOQ AHOLISINING YANGICHA MEHNAT MUNOSABATLARI HAQIDA.

Authors

  • Axmedova Zarnigor Farxodovna. Author

Keywords:

Turkiston o‘lkasining qishloq joylarida aholining 86,17%i, shaharlarda esa 13,83%i yashardi. Shahar aholisi nisbati faqat Turkiston o‘lkasining yirik savdo-sanoat markazlari - Toshkent, Qo‘qon, Аndijon, Samarkand, Marg’ilon va barcha shahalar joylashgan tub viloyatlar - Sirdaryo, Fargona va Samarqand viloyatlarida yuqori edi.

Abstract

Turkiston aholisining xo‘jalik faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlari va kasb-korlari asrlar davomida taraqqiy etib, mavjud geografik joylashuv, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, aholining etnik qatlamlari va boshqa omillar bilan bog‘liq holatda rivojlanib kelgan. Viloyatda aholi sonining o‘sib borishi, paxtachilik, bog‘dorchilik va ipakchilikning rivojlanishi, buning natijasida viloyatda aholining bandligi bilan bog‘liq ayrim tarmoqlarning ixtisoslashuvi, hududlarning ixtisoslashuvi, tovar-pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi, qishloq xo‘jaligining o‘sish sur’ati sanoat xomashyosi va foydali qazilmalar ishlab chiqarish, fabrika va zavodlarning paydo bo‘lishi uchun zamin hozirladi. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi hukmronligining mustamlaka boshqaruv tizimi shakllangach o‘lkada mavjud shaharlar va ularning boshqaruv tizimi va vazifalarida o‘zgarishlar yuz berdiki, bu tarixiy jarayonlar Samarqand viloyati shaharlari hayotida ham o‘z aksini topgan.

Published

2025-04-29

How to Cite

Axmedova Zarnigor Farxodovna. (2025). ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA SAMARQAND VILOYATI SHAHAR VA QISHLOQ AHOLISINING YANGICHA MEHNAT MUNOSABATLARI HAQIDA. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 42(1), 271-276. https://scientific-jl.com/trt/article/view/10810