BUXORO AMIRLIGI MADRASALARIDA SHARIAT SOHASIDAGI FANLARNING O‘QITILISHI
Keywords:
ta’lim, madrasa, darslik, ilm-fan, Buxoro amirligi, shariat, tafsir, hadis, ilmi qalam, matni faroiz, talaba, mudarris.Abstract
Maqolada Buxoro amirligi davridagi madrasalar ta’lim tizimi, u yerda o‘qitilgan shariat fanlari va ularga oid o‘quv adabiyotlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida madrasalarda talabalar bilim darajalariga ko‘ra bosqichlarga ajratilgani, ta’lim jarayonining muayyan darsliklar asosida olib borilgani hamda fanlarning sharh va hoshiyalar bilan chuqur o‘zlashtirilganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Asosan tafsir, hadis, fiqh, usul al-fiqh va ilmi kalom kabi shariat fanlari yetakchi o‘rin egallagan bo‘lib, har bir fan bo‘yicha mashhur asarlar va ularning sharhlari madrasa ta’limida asosiy manba sifatida qo‘llanilgan. Maqolada Buxoro amirligida diniy-ta’limiy muhit va ilmiy merosning o‘rganilishiga ilmiy asosda yondashilgan.
Downloads
Published
2025-05-02
Issue
Section
Articles
How to Cite
Elmurodova Nigora Jobir qizi. (2025). BUXORO AMIRLIGI MADRASALARIDA SHARIAT SOHASIDAGI FANLARNING O‘QITILISHI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 42(1), 288-296. https://scientific-jl.com/trt/article/view/11150