O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SAYLOV QONUNCHILIGI TIZIMI VA UNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI.
Keywords:
Mustaqillikning dastlabki yillarida saylov tizimi bir qancha qonunlar orqali shakllantirildi. 1991-yil 18-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi birinchi mustaqil qonun qabul qilindi, bu hujjat prezidentlik instituti uchun saylovlarning huquqiy asoslarini belgilab berdi.Abstract
O‘zbekiston Respublikasida saylov tizimining shakllanishi mamlakat mustaqillikka erishgan 1991-yil 1-sentabrdan so‘ng yangi siyosiy va huquqiy tizimni barpo etish jarayonining uzviy qismi sifatida boshlangan. Mustaqillik e’lon qilingach, respublikada demokratik jamiyat qurish yo‘lida saylov institutini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Saylovlar orqali davlat hokimiyati organlarini shakllantirish tamoyili 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi, unda 117-moddada fuqarolarning saylov huquqlari va saylovlarning ochiqlik, adolatlilik, umumiylik, tenglik, yashirin ovoz berish asosida o‘tkazilishi mustahkamlab qo‘yildi.[1] Shuningdek, Konstitutsiyaning 32-moddasida fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etish huquqi kafolatlangan bo‘lib, bu ham saylov tizimining konstitutsiyaviy asosini tashkil etadi.[2]
[1] O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 8-dekabr 1992-yil — https://lex.uz/docs/-20596;
[2] O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 8-dekabr 1992-yil, 32-modda;